Янгиликлар /

SAF: Ferdinand jamoani tark etmaydi

Мақола нашр қилинди

«ManchesterYunayted» bosh murabbiyi Aleks Fergyuson himoyachi Rio Ferdinandga umid bildirishdadavom etishini bildirdi. «Ferdinand yana bir mavsum yuqori saviyada to‘p surishimumkin. U oktyabrda 34 yoshga to‘ldi.

Biz unga harkun shug‘ullanishga majbur qilmayapmiz, uning ortiqcha dam olish kuni bor. Albatta,Ferdinand o‘z o‘yinini o‘zgartirishi kerak — uning yoshi ulg‘aymoqda. U endi o‘ziningtezligi va chaqqonligiga ishona olmaydi. U haqiqiy atlet edi, istalgan futbolchiniquvib o‘ta olardi. Endi Rio ko‘proq vaziyat tanlashga va chuqurroq o‘ynashga harakatqilishi kerak.

Tajriba — judamuhim narsa. Ferdinand Jonni Evans uchun ko‘p ishlar qildi. David De Xeaga ham ko‘pishlarda Rioning foydasi tekkan. Umid qilamanki Rioyana biz bilan 1 yilga shartnomasini uzaytiradi», — deya Fergyusondan iqtibos keltiradiESPN.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.