Янгиликлар /

Valdes jamoa bilan hayrlashdi

Мақола нашр қилинди

Darvozabon Viktor Valdes  «Manchester Yunayted» jamoasi bilan hayrlashdi va tez orada jamoadan ketishini bildirib o‘tdi.

«Og‘ir mehnatlar ostida o‘tgan oylar davomida meni qo‘llagan barchaga tashakkur. Men buni hyech qachon unutmayman. Ko‘rishguncha», — deya yozadi darvozabon o‘zining  tvitterdagi rasmiy sahifasida

Viktor Valdes ushbu yozuvga ilova sifatida Karringtondagi mashg‘ulotlar bazasini suratini qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili yozda «MYu» bosh murabbiy Lui van Gall ayrim sabablarga ko‘ra Valdes jamoa asosiy tarkibida umuman o‘ynamaydi deya xabar bergan edi. Futbolchi «qizil iblislar» safiga 2015 yil yanvar oyida qo‘shilgan edi.

#gracias @ManUtd Family! pic.twitter.com/Rshsg1f51T

— Victor Valdes (@1victorvaldes) 21 января 2016
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.