«Manchester Yunayted» boshqaruvi a’zosi Devid Gill jamoaning joriy mavsumdagi natijalari borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Biz natijalar yaxshiroq bo‘lishiga umid qilgandik. Barchamizning hafsalamiz pir bo‘lgan. Bu mavsumda «Manchester Yunayted» umidlarni oqlay olmayapti.
Biroq men bilaman, klub egalari, Lui van Gal va uning jamoasi vaziyatni yaxshilash uchun tinmay ishlamoqda. Bu oson ish emas, biroq biz birlashishimiz lozim. Mavsumning oqimini burishga imkon beruvchi ishni qilish kerak va umidsizlikka berilish kerakmas.
Muxlislar noroziligi sababli jamoa nomiga g‘uvullaydigan vaziyat hech kimga yoqmaydi. Biz nafaqat boshqaruvchilarmiz, balki muxlislar hammiz. Biz jamoani qo‘llab-quvvatlashlarini istaymiz. Biroq fikrimcha, har qanday vaziyatda vazmin qolish kerak.
Van Gal avval ham yuqori darajada ishlagan, Germaniya, Gollandiya va Ispaniyada yetakchi jamoalarni boshqargan. Men premer-liga u uchun juda murakkab musobaqa bo‘ldi, deb o‘ylamayman. Biroq shu bilan birga Angliya chempionatida raqobat qanchalik kuchliligini hamma biladi.
«Lester» qilayotgan narsa – bu fantastika. Bu jamoaning o‘yini premer-liganing kuchini ko‘rsatadi. Keyingi mavsumda yangi televizion shartnoma tufayli olinadigan pullar sababli raqobat yanada oshadi.
Fikrimcha, premer-liganing barcha 20 jamoasi Yevropadagi eng katta miqdordagi oylik maoshlari vedomostiga ega 30 klub qatorida bo‘ladi. Shu sababli jamoalardan har qaysi biri yetakchi futbolchilarni jalb qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Agar klublar pullarni aql bilan ishlatsa, raqobat juda kuchli bo‘ladi. Ko‘proq jamoa yuqori o‘rinlar uchun kurashishi mumkin bo‘ladi», deb o‘z fikrlarini bildirdi Gill.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.