Янгиликлар /

Xames Rodriges uchun 63 mln funt

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» «Real» yarim himoyachisi Xames Rodriges uchun yana bir taklif bilan murojaat qilgan.

Sunday Express nashrining yozishicha, «MYu» vakillari madridliklar bilan ushbu 24 yoshli kolumbiyalik futbolchi borasida muzokara olib borishmoqda. Xabarda aytilishicha, «qizil iblislar» bu futbolchining transferi uchun 63 mln funt sarflamoqchi.

Bundan oldinroq, «Real»ning yangi bosh murabbiyiga aylangan Zinedin Zidan qishki transferlar vaqtida jamoani hech qaysi futbolchi tark etmasligi haqida ma’lum qilgandi.

Qolaversa, FIFA «Real»ga keyingi ikki mavsumda yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha taqiq qo‘llagach, «Real» futbolchi sotish emas, sotib olish bilan shug‘ullanishi ayon bo‘ldi.

O‘tgan oyning oxirida ham «MYu» ushbu futbolchi uchun 59 mln funt taklif etgani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Rodriges joriy mavsumning birinchi yarmida jarohat tufayli 2 oy maydonga tusha olmadi va atigi 12ta o‘yinda jamoasiga yordam bera oldi. U bu o‘yinlarda 3ta gol urib, 4ta golli pas amalga oshirgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.