Янгиликлар /

LVG: Muxlislardan uzr so‘rayman

Мақола нашр қилинди

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Lui van Gaal APL 23-tur doirasida «Sauthempton»ga qarshi kechgan uchrashuvdan (0:1) keyin jamoaning transfer kampaniyasi va muxlislar kutgan natijalar borasida gapirib o‘tdi.

«Men muxlislar kutgan o‘yinni ko‘rsata olmayotganimizdan juda ham xafaman. Ular mening faoliyatimdan juda ko‘p narsa kutishgandi. Ammo men ular kutgan natijani qayd eta olmayapman. Buning uchun uzr so‘rayman».

Undan o‘yindagi final hushtagidan keyin muxlislarning norozilik bildirib hayqirishi borasida so‘rashganida quyidagicha javob berdi.

«Men muxlislarning fikriga to‘liq qo‘shilaman. Shuning uchun ham bu holat menga ortiqcha ta’sir ko‘rsatgani yo‘q. Ularni futboldan zavq olishlari uchun biz yaxshi o‘ynashimiz kerak. Bu safar ularni xursand qildik deb o‘ylamayman. Shu boisdan ham ularning jahli chiqishi tabiiy».

Jamoaning mavsum avvalida transferlar uchun 250 million funtdan ko‘proq mablag‘ ishlatgani borasida fikr bildirarkan, jamoa ham ko‘plab futbolchilarni sotib yuborganiga e’tibor qaratdi.

«Biz ham juda ko‘p o‘yinchi sotdik. Lekin bu haqda biror joyda o‘qimadim. Bilasizmi, gap «Manchester Yunayted» borasida ketganda biz boshqa jamoalarga qaraganda ko‘proq sarflashimiz kerak bo‘ladi. Bu tahlil. Men shunchaki safsatalarni gapirmayman.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.