Янгиликлар /

Yang mart oyi so‘ngida safga qaytadi

Мақола нашр қилинди

The Daily Mail nashri xabar berishicha «qizil iblislar» safida jarohat olib safdan chiqqan futbolchi Eshli Yang  mart oyi so‘ngida yana safga qaytadi.

30 yoshli ingliz futbolchisi «Liverpul» ga qarshi kechgan uchrashuvning birinchi bo‘limining so‘ngi daqiqalarida jarohat olib maydoni tark etgan edi.

Jamoa bosh murabbiyi Lui van Gal futbolchi jarohlik amaliyotidan o‘tishi lozimligini aytib o‘tgan edi. Ayrim nashrlar esa futbolchi ushbu mavsumda maydonga qatmaydi deya xabar berishgan edi.

So‘ngi tarqalgan xabarlarga ko‘ra futbolchi to‘liq tiklanib safga qaytishi uchun 6-8 hafta zarur ekanligi takidlangan.

Asli yarimhimoyachi bo‘lgan Eshli Yangi jamoaning so‘ngi o‘yinlarida himoya chizig‘ida xarakat qilmoqda edi. Agar uning tiklanish jarayoni rejadagidek ketsa futbolchi 20 mart kuni mehmonda «Siti» jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvda maydonga tushishi mumkin

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.