Янгиликлар /

Eshuort yangi rahbar bo‘lishi mumkin

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoa Akademiyasi rahbarligiga Den Eshuort nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Bu xaqida The Sun nashri xabar bermoqda.

44 yoshli Eshuort «Norvich» safida to‘p surgan va keyinchalik «Piterboro» va «Vest Bromvich» akademiyasi tizimida faoliyat olib borgan. 2012 yildan esa Angliya Futbol assotsiatsiyasi direktorlaridan biri.

Eslatib o‘tamiz, «Yunayted»  rahbariyati jamoaning Akademiya tizimini yangilash niyatida. «Yunayted» ning 21 yoshlilar jamoasi Uorren Djoys qo‘l ostida o‘tgan yilgi chempionlik unvonini saqlab qolish uchun kurash olib borayotgan bo‘lsa. 18 yoshlilar jamoasi esaketma-ket 10 ta o‘yinni boy berib jadvalning quyi o‘rnlardan birida bomoqda.

«Manchester Siti» jamoasining 200 million funt sarflab qurgan yangi akademiyasi tizimi «Yunayted» rahbarlarini ham akademiya tizimida o‘zgarish qilishiga sabab bo‘lmoqda.  

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.