Янгиликлар /

Rednapp: Van Galning iste'foga chiqishiga ishonmayman

Мақола нашр қилинди

«Tottenxem» klubi sobiq bosh murabbiyi Xarri Rednapp «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Galning iste'fosi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

«Hozir ko‘pchilik bu haqida gapirmoqda, ammo men van Galning iste'foga chiqishiga ishonmayman. Chunki «Manchester Yunayted» bu tarkib bilan hatto Aleks Fergyuson bosh murabbiy bo‘lganda ham beshinchi-oltinchi o‘rinda yurardi», — deydi murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» Angliya chempionatida 23 turdan so‘ng beshinchi o‘rinda bormoqda va birinchi o‘rindagi «Lester»dan 10 ochko ortda qolmoqda.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.