Янгиликлар /

Eshli Fletcher «Barnsli» da

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» yoshlar jamoasi futbolchisi Eshli Fletcher «Barnsli» jamoasida ijara asosida to‘p suradigan bo‘ldi. Bu haqida jamoaning rasmiy sayti xabar bermoqda.

20 yoshli futbolchi 7 yanvardan bir oy muddatga ijaraga berilgan edi, keyinchalik jamoalar kelishgan holda ushbu ijarani mavsum so‘ngiga qadar o‘zgartirishdi.

Fletcher «Barnsli» safida 4 ta uchrashuvda maydonga tushdi va jamoa murabbiylar shtabida va raqib murabbiylarida ham katta taasurot qoldirdi.  

«Eshli barchasini «a'lo» bajarmoqda. Men uni «Bredford» ga qarshi kechgan o‘yindagi harakatlarini borib kuzatdim. Jamoa murabbiyi ham uning o‘yinlarini maqtadi» deydi  «Manchester Yunayted» yoshlar jamoasi murabbiyi Uorren Joys.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.