Янгиликлар /

Runi xayriya uchrashuvi tashkil qilmoqda

Мақола нашр қилинди

2016 yil 3 avgust kuni «Old Trafford» stadionida Ueyn Runi sharafiga, «Manchester Yunayted» va «Everton» jamoalari o‘rtasida xayriya uchrashuv bo‘lib o‘tadi deya xabar bermoqda The Daily Mail nashri.

Xabarda aytilishicha Ueyn nihoyat «Everton» bosh murabbiyi Roberto Martinesni ushbu uchrashuv bo‘lib o‘tishiga ko‘ndirgan. Uchrashuv 2016/17 mavsum boshlanishidan bir hafta avval bo‘lib o‘tadi.

Ushbu uchrashuvdan tushgan mablag‘lar 4 ta tashkilot- Liverpuldagi Alder Hey bolalar shifoxonasi, Claire House xospisi, «Manchester Yunayted» xayriya fondi va NSPCC jamg‘armalariga sarf qilinadi .

Jamoalar uchrashuvda kuchli tarkib bilan ishtirok etish borasida kelishib olishdi.

Eslatib o‘tamiz, Ueyn Runi «Manchester Yunayted» jamoasiga o‘tishdan oldin «Everton» safida 77 uchrashuvda maydonga tushib 17 ta gol kiritgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.