Янгиликлар /

Runi: Barchasiga Van Gal aybdor emas

Мақола нашр қилинди

«Yunayted» sardori Ueyn Runi fikriga ko‘ra jamoadagi barcha muammolarda muhlislar faqatgina Lui van Galni ayiblashlari noo‘rin ekanligini aytib o‘tdi.

«Barchasida faqatgina bosh murabbiyni ayblash noto‘g‘ri»,- deydi Ueyn «Derbi Kaunti» qarshi kechgan Kubok uchrashuvidan so‘ng.

«Maydonda biz to‘p suramiz,  shunday ekan futbolchi o‘ziga o‘yindagi va natijadagi katta javobgarlikni o‘z.bo‘yniga olishi lozim. Biz birlashib tanqidlarni to‘g‘ri qabul qilishimiz lozim. Albatta, biz har bir uchrashuvda g‘alaba qozonishni istaymiz va buning uchun doim harakatdamiz».

«Bu o‘yinda murabbiy o‘yin rejasida bizga erkinlik berdi, biz esa bundan rohatlanib xarakat qildik va gollar urib g‘alabaga erishdik. Men ishonamanki,  seshanba kuni «Stok Siti» ga qarshi uchrashuvda ham shunday harakat qila olamiz»,- deydi Ueyn.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.