Янгиликлар /

Vidich faoliyatini yakunladi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasining sobiq sardori Nemanya Vidich futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi. Bu haqida «Yunayted» rasmiy sayti ham xabar berib o‘tdi.

Jamoa tarixidagi eng yaxshi himoyachisi, bir nech hafta oldin Milanning «Inter» jamoasidan ketganligi ma'lum bo‘lgan edi. Futbolchi 34 yoshda futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

«Butsini mixga osadigan vaqt keldi. – So‘ngi yillardagi jarohatlar menga qattiq ta'sir qildi. Men bilan birga o‘ynagan futbolchilarga, murabbiylarga, jamoa xodimlariga va albatta alohida rahmatni qo‘llab quvatlagan jamoa muhlislariga aytib qolaman.».

Eslatib o‘tamiz, Vidich «Yunayted» ga 2006 yil yanvar oyida Moskvaning «Spartak» jamoasidan kelib qo‘shilgan edi.

U jamoa safida 300 uchrashuvda maydonga tushib 21 gol urgan. Nemanya jamoa bilan 5 marotaba Angliya chempioni, 3 karra Liga Kubogi, Chempionlar Ligasi g‘olibi, Klublar o‘rtasidagi Jaxon chempionati g‘olibiga aylangan. Vidich «Manchester Yunayted»dagi faoliyati davomida ikki bora Premer Liganing eng yaxshi futbolchisi unvonini qo‘lga kiritgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.