«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gaal Angliya Kubogining 1/16 bosqichida «Derbi Kaunti»ga qarshi o‘tkaziladigan bahs oldidan o‘ziga qaratilgan tanqidlarga munosabat bildirdi.
«Agar bu o‘yinda ham mag‘lub bo‘lsak, jurnalistlar meni yana bir marta «iste'foga chiqarishadi». Ular shu vaqtgacha bu ishni 3 marta amalga oshirishdi. Lekin men hali ham o‘z o‘rnimdaman».
«Men «Sautgempton»ga qarshi o‘yindan keyin iste'foga chiqmoqchi ekanligim haqida gapirmaganman. Bu yolg‘onga uni to‘qib chiqargan jurnalistlarning o‘zlarigina ishonishadi».
«Men hamisha oxirigacha kurashaman. Men 3 yillik shartnomaga imzo chekkanman. Bu bitta o‘yindan iborat emas, bu butun boshli jarayon. Men «MYu»da ishlashda davom etishni istayman. Agar buni istamaganimda, bundan bir yarim yil avval bu ishga kirishmagan bo‘lardim».
«O‘zim ishlagan barcha klublarda jamoa direktorlari va xo‘jayinlari bilan ko‘p gaplashganman va doimo ularning qo‘llab-quvvatlashini his qilganman, nafaqat «MYu»da, balki «Bavariya» va «Barselona»da ham. Lekin shu bilan birgalikda ishonchni oqlash uchun katta bosim ostida bo‘lasan. Albatta, biz ishonchni oqlashimiz mumkin, boisi, biz endi yo‘lning yarmiga keldik», – deydi van Gaal.
Eslatib o‘tamiz, APLning 23-turidan keyin «MYu» jadvalda 5-o‘rinda bormoqda.
Angliya Kubogi doirasida «Derbi Kaunti»ga qarshi o‘yin bugun, Toshkent vaqti bilan 00:55da bo‘lib o‘tadi.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.