Янгиликлар /

Navbatdagi raqib «Shrusberi Taun»

Мақола нашр қилинди

Angliya Kubogi musobaqasining 5-bosqichiga qur'a tashlandi. Faqatgina durang qayd etgan jamoalar takroran o‘yini o‘tkazishadi.

Qur'a natijalariga ko‘ra «Manchester Yunayted» safarda Angliya birinchi ligasi vakili «Shrusberi Taun» jamoasi bilan kuch sinashadi.

«Qizil iblislar» ilk bor ushbu jamoa bilan kuch sinashishadi. 4-boschiqda «Shrusberi» jamoasi «Sheffild Uensdey» ustida 3-2 hisobida g‘alaba qozongan edi, g‘alaba to‘pi uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda kiritilgan edi.

Angliya Kubogi. 1/8 final juftliklari quyidagi ko‘rinishni olgan:
«Chelsi» — «Manchester Siti»
«Reding» — «Vest Bromvich»/»Piterboro»
«Uotford» — «Lids Yunayted»
«Shryusberi Taun» — «Manchester Yunayted»
«Blekbern» — «Liverpul»/»Vest Xem»
«Tottenxem» — «Kristal Pelas»
«Arsenal» — «Xall Siti»
«Bornmut» — «Everton»
Angliya Kubogi 5- bosqich uchrashuvlari 2016 yil19-22 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.