Янгиликлар /

Shvaynshtayger bir oy maydonga tushmaydi

Мақола нашр қилинди

Jarohat olib safdan chiqqan Bastian Shvaynshtayger yana bir oy maydonga tusha olmasligi mumkin deya xabar bermoqda Manchester Evening News nashri.

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Angliya Kubogi 3 bosqichi «Sheffild Yunayted» jamoasiga qarshi uchrashuvda jarohat olgan edi.

Shvayshtayger Germaniyada MRT dan o‘tkazilgan, Germaniya terma jamoasi shifokori Xans-Vilgelm Myuller-Volfart so‘zllariga ko‘ra uning jaroxati kutilganidan jiddiy bo‘lib chiqqan.

Shunga ko‘ra, Shvaynshtayger Premer Liganing «Stok Siti», «Chelsi»,«Sanderlend» jamoalariga qarshi uchrashuvni hamda yevropa Ligasidagi «Mityulland» va Angliya Kubogi doirasidagi «Shrusberi Taun» qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.

31 yoshli futbolchi taxminan 2016 yil 28 fevralda «Arsenal» bilan bo‘ladigan uchrashuvda maydonga qaytishi kutilmoqda.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.