«Barselona» bosh murabbiyi Luis Enrike «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Xuan Mataning xizmatlariga qiziqmoqda, deya xabar beradi Daily Mail.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchi bilan aloqaga chiishgan. Luis Enrike bir yarim yildan beri bu futbolchining o‘yinlarini kuzatadi. Murabbiy maydon markazida Inestaga hamda hujumda Messi, Neymar va Suaresga yordam beradigan yarimhimoyachini sotib olish istagida.
Mata ushbu mavsum APLning 24 uchrashuvida 4 gol urgan va 3 golli uzatma oshirgan. Uning «MYu» bilan shartnomasi 2018 yilgacha tuzilgan.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.