Янгиликлар /

LVG: Men baxtli murabbiyman

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal «Stok Siti»ga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Men behad darajada baxtli murabbiyman. Men ajoyib gollar, jamoaviy gollar ko‘rdim. Bu gollarda himoyachilarimizning hissasi ham katta.

«Menimcha biz tanaffusga qadar juda hujumkor o‘yin namoyish qildik. Ikkinchi bo‘limda esa asosiy e'tibor to‘p nazoratiga qaratildi va raqibga imkon bermaslikka intildik. Bu esa oson emas edi. Chunki «Stok Siti» kabi jamoalar har doim qattiq qarshilik qiladi».

Lui van Gal shuningdek  «Bavariya» ustozi va sobiq shogirdi Pep Gvardiolaning Angliya chempionatiga kelayotganidan xursand ekanini yashirmadi.

««Barselona» da murabbiy bo‘lganimda, Gvardiola mening qo‘lim ostida jamoa sardori bo‘lgan. Uni Angliyada ko‘rishdan xursand bo‘laman. Bundan tashqari, men ispan tilida ham so‘zlasha olaman va u bilan chiqishib ketaman», — deydi gollandiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pep Gvardiola «Manchester Siti» klubi bilan 3 yillik shartnomaga erishganligi ma'lum qilingandi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.