Янгиликлар /

«Yunayted»ning Yevropa Ligasidagi tarkibi

Мақола нашр қилинди

Yevropa Ligasida ishtirok etadigan «Manchester Yunayted» asosiy 25 nafar futbolchiga 3 nafar yangi futbolchini kiritish imkoni bor edi. Jamoa ushbu ro‘yxatga Uill Kin va Regan Pulni kiritishdi. «Xall Siti» jamoasiga ijaraga berilgan Nik Pauell esa ro‘yxatdan chiqarildi.

17 yoshli himoyachi Regan Pul hali asosiy jamoada maydonga tushmagan, u o‘tgan hafta 21 yoshlilar jamoasida debyut qildi. Pul «Yunayted» ga 2015 yil 1 sentyabrda «Nyuport Kaunti» jamoasidan 100 000 funt evaziga xarid qilingan edi.

Demak Yevropa Ligasida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar quyidagilar:

Darvozabon: David De Xea, Serxio Romero, Sem Jonstoun;

Himoyachilar: Fil Jons, Markos Roxo, Kris Smolling, Lyuk Shou, Gilermo Varela, Matteo Darmian, Regan Pul;

Yarim himoyachilar: Xuan Mata, Maykl Karrik, Deyli Blind, Eshli Yang, Ander Errera. Antonio Valensiya, Maruan Fellayni, Morgan Shnayderlin, Bastian Shvaynshtayger, Jessi Lingard;

Hujumchilar: Ueyn Runi, Antoni Marsyal, Memfis Depay, Uill Kin.

Shuningdek, Andreas Pereyra, Peddi MakNeyr, Kemeron Bortvik-Jekson, Tayler Blekett va Adnan Yanuzay esa B ro‘yxatdan o‘rin olishgan, ya'ni ular jamoa tarbiyalanuvchisi sifatida uchrashuvlarda ishtirok etishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, B ro‘yxatdan 1994 yil  1 yanvardan keyin tug‘ilgan va so‘ngi ikki yilni jamoa bilan o‘tgazib, 15 yoshdan UeFA da ro‘yxatdan o‘tgan futbolchilar kiritiladi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.