Янгиликлар /

«20-asr Foks» jamoaning yangi hamkori

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi «20-asr Foks» kinokompaniyasi bilan halqaro hamkorlik shartnomasini imzolaganini rasman e'lon qildi.

Ushbu kinokompaniya endilikda «Old Trafford» da filmlar reklamasini namoyish etish xuquqiga ega bo‘ldi.

«Yunayted» futbolchilari Ander Errera, Xuan Mata, Kris Smolling, David De Xea, Bastian Shvaynshtayger va jamoa sardori Ueyn Runi kinokompaniyaning so‘ngi filmi bosh qahramoni – Dedpul bilan rolikda ishtirok etishgan. Ushbu rolik tez orada jamoaning rasmiy ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasiga joylashtiriladi.

Xabarlaga ko‘ra, «Manchester Yunayted» jamoasi «20-asr Foks» kinokompaniyasi bilan hamkorlikni yil boshidan boshlab amalga oshirgan, chunki jamoaning bir qator futbolchilari ijtimoiy tarmoqdagi o‘z rasmiy sahifalarida Leonardo Di Kaprio ishtirokidagi «Выживший» (Omon qolganlar) filmini reklama qilishgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.