«Manchester Yunayted» jamoasi murabbiylar shtabi yarim himoyachisi Memfis Depayni jamoa o‘rinbosarlari safiga «surgun qildi».
Bunga Depayning «qizil iblislar» tarkibida Angliya chempionatida 25-turida «Chelsi»ga qarshi (1:1) uchrashuvida harakati sabab bo‘lgan. Gap shundaki, futbolchi o‘yin tugashiga bir necha daqiqa qolganda zaxiradan maydonga tushirildi va hujumlarning birida u noaniq to‘p oshirishidan so‘ng mezbonlar tezkorlik bilan hujum tashkil qilib, mag‘lubiyatdan qutulib qoladi.
Ta'kidlash kerakki Depay o‘rinbosarlar jamoasi tarkibida kecha bo‘lib o‘tgan «Norvich» ga qarshi uchrashuvda maydonga tushdi va uchta golga assistentlik qildi. Uchrashuv «MYu» o‘rinbosarlarining 7-0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Shuningdek, uchrashuvda asosiy jamoa o‘yinchilaridan Paddi MakNeyr, Varela, Adnan Yanuzay va darvozabon Serxio Romero ishtirok etdi.
Joriy mavsumda Depay barcha turnirlarda 30 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol kiritgan.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.