Янгиликлар /

Mourinyu yozda «Yunayted» ga keladi

Мақола нашр қилинди

Ko‘plab britan OAV lari The Telegraph nashriga tayanib xabar berishicha Joze Mourinyu do‘stiga yozda «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi bo‘lishini aytib o‘tgan.

Xabarda aytilishicha 20 karra Angliya chempionlari Portugaliyalik mutaxassis bilan muzokara olib borgan va yakunda o‘zaro bitimga kelishgan. Shu sababli endi «Yunayted» bosh murabbiyligiga boshqa nomzodlarni ko‘rib chiqish niyatida emas.

«Mourinyu «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi, bu hal etilgan savol» — deya xabar bergan The Telegraph nashri .

Shuningdek nashr Rayan Giggzning ham faoliyatini muhokama qilgan. Agar Mourinyu jamoa bosh murabbiyi bo‘lsa jamoaga yordamchi sifatida Ruy Fariani taklif qiladi, Giggz esa «Manchester Yunayted» dagi 29 yillik faoliyatini yakunlab, biror bir jamoaning tklifini qabul qishi mumkin.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.