Янгиликлар /

Laport «Yunayted» qiziqishlari doirasida

Мақола нашр қилинди

«Atletik» jamoasi himoyachisi Emerik Laport «Manchester Yunayted» jamoasi qiziqishlar doirasiga tushdi.

Xabar berilishicha, Lui van Gal markaziy himoyada Kris Smollinga ishonchli hamkor izlamoqda. Laport esa aynan shu o‘ringa asosiy nomzodlar qatoriga kiritilgan.

Futbolchi shu yilning yozida ingliz jamoasi safiga ko‘chib o‘tishi mumkin. 21 yoshli fransiyalik futbolchining transferi 32 million funt deya baholanmoqda.

Jamoa rahbariyati jamoaning so‘ngi vaqtlardagi markaziy himoyachilarining o‘yinidan ko‘ngli to‘lmayapti shu sababli kelasi mavsumda jamoa ushbu chiziqni to‘liq kuchaytirish niyatida.

Jamoa shuningdek markaziy himoya pozitsiyasiga «Everton» himoyachisi Djon Stounz va «Real M» himoyachisi Rafael Varan nomzodoarini ham ko‘rib chiqmoqda.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.