Янгиликлар /

Neymar «Yunayted» va «Siti» nishonida

Мақола нашр қилинди

Sunsport nashri bergan xabrda aytilishicha «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» jamoalari «Barselona» hujumchisi Neymarni o‘z saflarida ko‘rish niyatida. Buning uchun 190 million yevro sarf qilish niyatidalar.

Futbolchining o‘zi esa yiliga 60 million yevro mablag‘ ishlab olishi mumkin.
«MYu» Neymarni sotib olish orqali uni jamoa yuziga aylantirmoqchi. Agarda  Neymar «Yunayted» ga o‘tadigan bo‘lsa u jamoaning barcha reklama kompaniyalari markazida bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

 «Manchester Siti» Neymarni esa kelasi mavsumdan jamoa bosh murabbiyi bo‘lib ish boshlaydigan «Barselona» sobiq murabbiyi Xosep Gvardiolani talabiga asosan olib kelish niyatida.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.