Янгиликлар /

Varela: Angliyaga moslashib keta oldim

Мақола нашр қилинди

«Yunayted» ning 22 yoshli himoyachisi  Gilermo Varela ingliz futboliga to‘liq moslashganini va uzoq yillar «Old Trafford» da to‘p surish niyatida ekanligini aytib o‘tdi.

«Birinchi mavsumda men bu yerga moslashib, ko‘p narsa o‘rganishga xarakat qildim. Ikkinchi mavsumda esa «Kastilo» jamoasida ijarada to‘p surdim va endilikda jamoa bilan birgaman. Murabbiy menga imkoniyat berdi, bunda men o‘z qobiliyatimni ko‘rsatishga xarakat qildim, berilgan imkoniyatdan juda xursandman».

«Hozirda qo‘rqmay aytla olishim mumkin 100% to‘liq ingliz futboliga mosalasha oldim. O‘yin haroratiga va yuklamasiga moslashdim. Men o‘ylashimcha, barchasi o‘yin nuqtai nazaridan qaraganda jismoniy jihatdan yuksalishga olib keladi».

«Ingiz futbolida jismoniy tayyorgarlik yuqori o‘rinda turadi, Urugvay yoki boshqa mamlakatlarda esa asosan texnik va taktikaga ko‘proq e'tibor qaratiladi. Bu yerda futbolchilar o‘rtasida xaqiqiy jang bo‘laib o‘tadi. Bu yerda birinchi dars jismoniy kuchga qaratiladi doim».

«Men «Vest Xem» va «Volfsburg» jamoalariga qarshi debyut uchrashuvda men o‘zimni ancha bosiq his qildim. «Manchester Yunayted» singari jamoa safida maydonga tushishga ishonar edim. Bir necha marotaba asosiy tarkibga chaqirildim va so‘ngra uchrashuvlarda ishtirok etdim, men shundan so‘ng o‘zimda ishonchni his qildim».

«Albatta, men doim zo‘r berib o‘z ustimda ishlashim lozim, chunki asosiy tarkib a'zosiman. Albatta birinchi navbatta bosh murabbiy ishrnchi ham juda muhim. Menga «Manchester Yunayted» daligim juda yoqadi va men bu yerda uzoq muddat to‘p surib musobaqalarda g‘alaba qozonish niyatidaman. Ikkinchidan esa faqat olg‘a qadam bosib milliy terma jamoa safida ham maydonga tushmoqchiman».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.