Янгиликлар /

«Yunayted» Xitoyga boradimi

Мақола нашр қилинди

The Daily Mail nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» jamoasi kelasi mavsum oldi turnesini Xitoyda o‘tkazishi mumkin.

Jamoa Xitoyda 10 kunlik yig‘in o‘tkazishi ko‘zda tutilgan. shuningdek, Xalqaro Chempionlar kubogi musobaqasi doirasida «Manchester Siti» jamoasi bilan o‘yin o‘tkazishi rejalashtirilmoqda.

Hozirda «Siti» ushbu «derbi» ni Hitoyda o‘tkazilishiga rozilik bildirgan. «Manchester Yunayted» bilan esa muzokaralar olib borilmoqda va tez orada ushbu o‘yinga oydinlik kiritiladi.Reja bo‘yicha uchrashuv 29 yoki 30 iyulda bo‘lishi rejalashtirilgan. Sababi 3 avgust kuni «qizil iblislar» Ueyna Runi sharafiga «Old Trafford»da tashkillashtiriladigan uchrashuvda maydonga tushishlari lozim.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, jamoaga yozda Joze Mourino tayinlanishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga qaramasdan yozgi rejalar jadvalini belgilashda Lui van Gal ham faoli ishtirok etishi kutilmoqda.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.