Янгиликлар /

«Yunayted» yoshlari peshqadam

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» 21 yoshli o‘rinbosarlar jamoasi musobaqa jadvalining birinchi o‘rniga ko‘ratirilib oldi.

Kecha «Yunayted» yoshlari «Siti» o‘rinbosarlari ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va turnir jadvalida birichi o‘ringa chiqdi. Uchrashuvdagi yagona golga Djo Rotuell mualliflik qildi.

Hozirda Uorren Djoys boshchiligidagi jamoa «Sanderlend» jamoasini ikki ochkoga ortta qoldirmoqda, shuningdek jamoa hisobida bitta zahira o‘yini ham bor. «Siti» o‘rinbosarlarini esa 10 ochkoga ortta qoldirishmoqda.

«Manchester Yunayted» U21 — «Manchester Siti» U21 1:0 (1:0)

Gol: Rotuell 16'

«Manchester Yunayted»: Dj. Pereyra, Fosu-Mensa, Uilliams, Lav, Rayli, Pul, Redmond, Rotuell (Rashford 71'), Xarrop (El Fituri 69'), Kin, Ueyr

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.