Янгиликлар /

Batt Akademiyaning yangi rahbari

Мақола нашр қилинди

Niki Batt «Manchester Yunayted» Akademiyasining direktori etib tayinlandi deya xabar bermoqda jamoaning rasmiy sayti.

41-yoshli Batt mashhur «Klass-92» bitiruvchisi hisoblandi va jamoa tarkibida 1992-2004 yillar davomida 387 uchrashuvda maydonga tushgan. Olti marotaba Premer Ligi g‘olibi, 3 karra Angliya Kubogi sohibi, UeFA Chempionlar Ligasi g‘olibi, Qitalararo Kubok sohibi. Batt hozirda UeFA professional murabbiylik litsenziyasi sohibi.

 «Yunayted» vitse-prezident Ed Vudvord bu haqida quyidagilarni aytib o‘tdi: «Men xursandman, Niki Akademiya boshlig‘i bo‘lishga rozilik bildirganidan. Unda qonida bizning jamoa ananasi va merosi bor. U bilan jamoa Akademiyasi yanada boyidi va o‘z yo‘liga ega bo‘ladi».

«Akademiya maqsadi – yosh futbolchilarni asosiy tarkibga tayrlab berish. Bizning bitiruvchilar doim zamonaviy futbolda eng yaxshi jamoa bo‘lib kelgan, Niki Akademiyaga o‘ziga hos his, energiya va o‘z ajribasini bera oladi. So‘ngi to‘rt yil davomida Akademiyaning 15 nafar tarbiyalanuvchisi asosiy jamoa tarkibida 173 uchrashuvda maydonga tushdi, jamoa ushbu ko‘rsatkichdan faxrlanadi».

Niki Batt esa quyidagilarni qo‘shimcha qildi: «Bunday lavozimni egallash– men uchun o‘ziga xos imtiyoz. Jamoaning sobiq tarbiyalanuvchisi sifatida, juda faxrdaman  menga Akademiyani boshqarish imkoniyati berilganligidan. «Manchester Yunayted» ananalarini saqlab qolgan holda yangi yosh futbolchilarni yetishtirishda o‘z xissamni qo‘shmoqchiman.

«Albatta bu qiyin ish, lekin yuqori saviyadagi jamoa bilan buni uddalay olamiz. Bizning maqsad avvalgidak oliy– yuqori saviyadagi yoshlarni asosiy tarkib jamoaga tayyorlab berish, qachonki ular jaxoning buyuk jamoasida to‘p surayotganliklarini xis etib tursinlar ».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.