Янгиликлар /

De Regt «Yunayted» da ish boshladi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» Akademiyasiga yana bir mutaxassis qo‘shildi. «Ayaks» ning sobiq  skauti Xenni de Regt endilikda «qizil iblislar» akademiyasi skaut xizmatida faoliyat olib boradi.

De Regt jamoa Akademiya tizimi faoliyatini rivojlantirish maqsadida taklif qilindi.

Gollandiyalik mutaxassis 18 yil davomida «Ayaks» jamoasida jamoa skauti, analitik va yoshlar jamoasi murabbiyi kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.

De Regt shuningdek Gregori van der Vil, Rafael van der Vart, Uesli Snayder, Naydjel De Yong, Jonni Xeytinga va Yan Vertongen kabi futbolchilarni katta futbolga kirib kelishlarida muhim rol o‘ynagan inson hisoblanadi. 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.