Янгиликлар /

LVG: Runi jarohat olgan

Мақола нашр қилинди

Lui van Gal ommaviy axborot vositalariga jamoa hujumchisi Ueyn Runi jarohat olganini tasdiqladi.

O‘yin oldi matbuot anjumanida ishtirok etgan van Gal jamoa holati haqida ma'lumot berib o‘tdi.

«Bizda 13 nafar jarohat olgan futbolchilar bor, Ueyn ham shular qatorida. Hozircha uning qayaon safga qaytishi borasida biror narsa deyish mushkul, u tizzasidan jarohat olgan, shunday ekan biroz kutishimiz lozim».

«Darmianning yelasi chiqqan. Baxtimizga uning jarohatti jiddiy emas lekin xozircha maydonga tusha olmaydi. Shuningdek Bortvik-Djekson ham betobligi sababli maydonga tushmaydi. 13 nafar futbolchi hozirda jamoaga yordam bera olmaydi».

«Avval bunday ko‘p jarohatni kuzatmagan edik. Barcha jarohatlar kontaktda ro‘y bergan jarohatlar, faqatgina Fellayni mushaklari shikaslangan. Bu dahshatli darajada omadsizlik!».

«Ueyn –doimo oxirigacha boradigan futbolchi, hatto og‘riqni xis qilsa ham maydoni tark etishni istamaydi. U o‘z ishiga fantastik yondashadi, biz uni faqatgina o‘zini yaxshi xis qilmayotganidan bildik».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.