Янгиликлар /

LVG: Mag‘lubiyatimiz sababi - Merfi qonuniyati

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal yevropa ligasi doirasida «Midtyulland»ga qarshi kechgan o‘yindagi 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatga izoh berarkan, Merfi qonuniyatini aybdor qilib ko‘rsatdi. Eslatib o‘tamiz, ushbu qonuniyatning asosi sifatida — bo‘lib o‘tishi tahmin qilingan voqea albatta sodir bo‘lishi ko‘rsatiladi.

«Men bu mag‘lubiyatimiz sababchisi sifatida Merfi qonuniyatini ko‘rsataman. Agar o‘yindan oldin darvozabon jarohat olganlar safida 14 chi bo‘lsa, bu o‘yinning boshlanishini yaxshilamaydi».

«Futbolchilar miyasida turli fikrlar aylanmoqda. Birinchi golni rikoshetdan so‘ng o‘tkazib yubordik. Bunisi endi ortiqcha edi».

«Ikkinchi bo‘limda esa har bir yakkakurashda mag‘lub bo‘ldik. Har birida. Biz raqibga ikkinchi golni urishga imkon bermasligimiz kerak edi. Lingardda ikki marta o‘zini ko‘rsatish uchun ajoyib imkoniyat bo‘lgan edi. Ammo o‘yinning ma'lum qismida biz yaxshi o‘ynay olmadik».

«Har hafta jarohat tufayli tarkib almashaversa, o‘yinni tashkil qilish qiyin. Futbolda shunaqasi ham uchrab turadi. Bizda o‘z maydonimizda «Midtyulland»ni yengish imkoni bor va biz undan foydalanishimiz shart».

«De Xea tizzasidan jarohat olgan va biz tibbiy ko‘rik natijalarini kutmoqdamiz», — deydi van Gal.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.