Янгиликлар /

Jamoa Daniyaga yo‘l oldi

Мақола нашр қилинди

UEFA kubigida ishtirokini boshlaydigan «Manchester Yunayted» Daniyaga 18 nafar futbolchi bilan yo‘l oldi. Bu xaqida jamoa rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ueyn Runi jamoa bilan Daniyaga yo‘l olmadi. Nima sababdan hujumchining jamoa bilan birga emasligi borasidagi batafsil ma'lumot Toshkent vaqti bilan 22-00 bo‘lib o‘tadigan o‘yin oldi matbuot anjumanida aytilishi kutilmoqda.

Shuningdek, «Sanderlend» ga qarshi uchrashuvda jarohat olgan Matteo Darmian ham jamoa bilan birga emas.

Daniyaga shuningdek bir qator yosh futbolchilar ham yo‘l olishdi. Bular Regan Pul, Djo Rayli va Djeyms Uir.

Bosh murabbiy Kemeron Bortvik-Djeksonga dam olish uchun imkon yaratib bergan va u ham tarkibga kiritilmagan.

 «Midtyulland» jamoasiga qarshi uchrashuvga yo‘l olgan jamoa tarkibi:

David De Xea, Serxio Romero, Love, Peddi MakNeyr, Kris Smolling, Deyli Blind, Regan Pul, Djo Rayli, Maykl Karrik, Ander Errera, Morgan Shnayderlin, Djessi Lingard, Andreas Pereyra, Djeyms Uir, Xuan Mata, Memfis Depay, Antoni Marsyal, Uill Kin.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.