Янгиликлар /

Janubiy sektor ser Bobbi nomi bilan ataladi

Мақола нашр қилинди

«Old Trafford» stadioning janubiy sektori endilikda «Manchester Yunayted» ning afsonaviy futblchisi va jamoa direktori ser Bobbi Charlton nomi bilan nomlanadi. Bu haqida jamoa rasmiy sayti xabar berdi.

Stadioning ushbu sektori 1910 yilda qurilgan stadioning saqlab qolingan qismlarini biri hisoblanadi.

Ushbu sektorning taqdimot marosimi 2016 yil 2 aprelda «Everton» jamoasiga qarshi kechadigan o‘rtoqlik uchrashuvdan oldin tashkil etiladi.

Charlton «Yunayted» yoshlar jamoasiga 1953 yilda qabul qilingan va 1956 yilda debyut uchrashuvini o‘tkazgan. Faoliyati davomida «Yunayted» tarkibida 758 uchrashuvda ishtirok etib 249 gol urgan. Angliya terma jamoasi tarkibida esa 106 uchrashuvda ishtirok etib 49 gol urgan.  

Ushbu sektorni o‘zgartirish xaqida jamoa vitse-prezident Ed Vudvord quydagilarni aytib o‘tdi: «Barchasi oddiy, Bobbi – ingliz futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan o‘ziga xos shahs. O‘yinchi, diplomat, xaqiqiy djentlmen, insonparvarlik hislatlarini o‘zida jam qilgan Angliya va «Manchester Yunayted»dagi eng yaxshi insonlardan biri .

Bu xaqida shuningdek Ser Bobbi ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi: «Bu men uchun katta sharaf! Men va oila a'zolarim ushbu qarori eshitib faxrlandik. «Manchester Yunayted» hayotiming muhim qismi hisoblanadi va bu albatta «Old Trafford» bilan ham bog‘liq. Jamoa direktori sifatida chiroyli o‘yinlarni va futbolchilarni xarkatlarini ko‘rish niyatidaman. Bu joy men uchun juda muhim hisoblanadi».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.