«Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Antoni Marsyal katta futbolga kirib kelishiga sababchi bo‘lgan inson haqida so‘zlab berdi.
«Mening akam futbolga kirib kelishimga sababchi bo‘lgan. Shuningdek, braziliyalik Ronaldo va Ronaldinoning o‘yinlarini kuzatib, ilhomlanganman».
«Katta futbolga kirib kelishimga «Bordo»ning hozirgi bosh murabbiyi Villi Sanol o‘z hissasini qo‘shgan. U bir necha yil avval Fransiya yoshlar (U-21) termasiga ustozlik qilgan va meni terma jamoaga taklif qilgan».
«U «Monako»da zahirada o‘tirishimga qaramay, menga ishonch bildirgan», — deydi hujumchi MUTV telekanaliga bergan intervyusida.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.