Янгиликлар /

Pereyra 40 va Lav 37 raqamda

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» o‘rinbosarlari tarkibining ikki nafar a'zosi asosiy tarkibda o‘z raqmlariga ega bo‘lishdi.

Bu futbolchilar asosiy jamoaning yevropa Ligasi uchun bergan B ro‘yxatidan o‘rin olishdi. 19-yoshli portugaliyalik darvozabon Djoel Kastro Pereyra 40 raqmda qayd etilgan bo‘lsa, 21 yoshli himoyachi Donald Lav 37 raqamli libosda maydonga tushishi mumkin.

Shuningdek, B ro‘yhatdan Peddi MakNeyr, Kemeron Bortvik-Djekson, Aksel Tuanzebe, Andreas Pereyra va Shon Goss o‘rin olishgan. Adnan Yanuzay esa yevropa Ligasi o‘yinlarida maydonga tusha olmaydi. Sababi u «Borussiya D» jamoasida iajara asosida to‘p surganda ushbu musobaqada ishtirok etgan.

«Yunayted» yevropa Ligasidagi ishtirokini kelasi haftada Daniyaning «Mityulland» jamoasiga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.