Янгиликлар /

De Xea shartnomasi e'lon qilindi

Мақола нашр қилинди

Football Leaks sayti Davida De Xeaning «Real Madrid» bilan tuzmoqchi bo‘lgan shartnomasi nusxasini e'lon qildi. Hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganligi uchun ushbu transfer aalga oshmay qolgan edi.

De Xea jamaoa bilan 6 yillik shartnomaga imzo chekkanda yillik maoshi 9,2 million funtni tashkil qilar edi. Futbolchining transferi esa 29 million funtni etib belgilangan.

Shuningdek shartnomada agarda futbolchini keyinchalik biror jamoa sotib olmoqchi bo‘lsa 500 million yevro (388 million funt) to‘lashi belgilab qo‘yilgan.

De Xea esa «Manchester Yunayted» bilan shartnomasini uzoq muddatga uzaytirdi va yakunda haftalik maoshi 200 000 funt qilib belgilandi. Agarda futbolchi «Real Madrid» bilan shartnoma imzolaganda esa haftasiga 177 000 funt olar edi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.