Янгиликлар /

Yanuzay jarohat oldi

Мақола нашр қилинди

Adnan Yanuzay va Gilermo Varela 21 yoshlilar jamoasi bilan «Norvich» ga (7:0) qarshi uchrashuvda jarohat olishgan.

Ikkala futbolchi ham uchrashuv vaqtida jaroxat olgan hamda ularni o‘rniga Mett Uillok va Timoti Fosu-Mensa maydonga tushishgan. Yanuzay oyoq paylari jarohatlangan bo‘lsa, Varela esa to‘piq qismidan jarohat olgan.

«Varela to‘piq qismidan jarohat olgan bo‘lsa, Yanuzay esa maydonni tibbiy yordamchilar yordamida tark etdi. Bu esa ehtiyotkorlik choralari edi », — deydi o‘rinbosarlar jamoasi murabbiyi Uorren Djoys.

Shuningdek uchrashuvda Fil Jons uzoq muddatli tiklanishdan so‘ng yana maydonga qaytdi va uchrashuv 60 daqiqagacha maydonda to‘p surdi. Joys tasdiqlashicha futbolchi tiklanish jarayoni yaxshi faqatgina to‘liq uchrashuvga tayyor emas.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.