Dushanba kuni «Manchester Yunayted» aksiyalari so‘ngi uch yildagi eng past ko‘rsatgichni qayd etdi deya xabar bermoqda Sky Sports nashri.
Bu jamoaning so‘ngi paytdagi omadsizliklari oqibatida va so‘ngi turdagi «Chelsi» bilan durngdan so‘ng qayd etildi. Jamoa oldiga kuchlik to‘rtlikka kirish rejasi qo‘yilgan.
«Manchester Yunayted» jamoa xozirda Chempionlar Ligasiga yo‘llanma beruvchi o‘rindagi jamoadan 6 ochko kam jamg‘argan, shu sabab jamoa aksiyalari tushib bormoqda.
«Manchester Yunayted» aksiyalari dushanba kuni Nyu-York fond birjasida dastlab 14,50 dollar (10,05 funt) da qayd etilgan bo‘lsa keyinchalik 13,79 dollar (9,56 funt) gacha tushib ketgan. Kun so‘ngida esa 14,10 dollar (9,77 funt) ko‘rsatgichda bo‘lgan.
Jamoa investorlari ushbu ko‘rsatgichdan biroz xavotirga tushishmoqda shu sababli jamoa «Yunayted» vitse-prezidenti Ed Vudvorddan bu borada hsobot talab qilishmoqda.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.