Янгиликлар /

Pauell «Xall Siti»ga o‘tdi

Мақола нашр қилинди

«Yunayted» yarim himoyachisi Nik Pauell mavsum so‘ngiga qadar «Xall Siti» jamoasida ijara asosida to‘p suradi. Bu xaqida «yo‘lbarslar» ning rasmiy sayti xabar berdi.

21 yoshli Pauell xujumkor yarim himoyachi va hujumchi pozitsiyalarida to‘p sura oladi. Futbolchining dushanba kuni qyechqurun barcha hujjatlari hal bo‘lgan va u bugundan yangi jamoasi mashg‘ulotlrida ishtirok etadi.

Nik yangi jamoasi bosh murabbiyi Stiv Bryus qo‘l ostida doimiy ravishda maydonga tushish istagida. U yangi jamoasi safida 22 raqamda xarakat qiladi.

Avvalroq Pauell 2013-14 mavsumda «Uigan» safida ijara asosida to‘p surib raqiblar darvozasini 12 bora ishg‘ol qilgan edi. «Xall Siti» jamoasida ham u shuko‘rsatkichlarni ko‘rsatishi kutilmoqda.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.