Lui van Gal so‘zlariga ko‘ra «Yunayted» hujumchisi Antoni Marsyal jiddiy jarohatdan qutilib qoldi, chunki futbolchi mashg‘ulot vaqtida oyoq qismining paylarida og‘riq sezishi bilan maydonni tark etgan.
«Bu uning jamoaga kelgandan buyon ilk muskullaridan olgan birinchi jarohati. Yaxshiyamki u darhol maydonni tark etdi. Bu pay uzilishi yoki boshqa jiddiy jarohat emas, oddiygina pay og‘rig‘i xolos. O’ylashimcha bu katta muammo bo‘lmaydi».
«Antoni –robot emas, u ham charchashi mumkin. Endigina 20 yoshda, so‘ngi vaqtlarda barcha uchrashuvlarda ishtirok etmoqda. Menga maqqul tarafi uning jarohatini o‘z vaqtida bildik».
«Albatta, bu jamoa uchun zarba bo‘ldi, biz bu vaziyatni albatta yengishimiz kerak. Dastlab De Xea, so‘ngra Marsyal, bu ikki o‘yinchi ajoyib mavsumni o‘tkazayotgan edi» — deydi van Gal.
Marsyal qachon safga qaytishi borasida aniq ma’lumotlar yo‘q. Faqatgina so‘ngi xabarlarda aytilishicha futbolchi «Arsenal» ga qarshi uchrashuvda safga qaytishi mumkin.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.