Янгиликлар /

Evropa Ligasi 1/8 bosqichiga qur’a tashlandi

Мақола нашр қилинди

Bugun Yevropa Ligasi 1/8 final bosqichiga qur’a tashlandi. Qur’a natijasiga ko‘ra «Manchester Yunayted» jamoasi Angliyaning boshqa bir jamoasi «Liverpul» bilan 1/4 bosqichga chiqish uchun kurash olib boradi.

 Dastlabki uchrashuv 10 martda Liverpulda bo‘lib o‘tsa javob uchrashuvi 17 mart kuni «Old Trafford» da bo‘lib o‘tadi.

 Qolgan juftliklar quyidagi ko‘rinishni tashkil qilishdi:

 1/8 final juftliklari

«Shaxter» (Ukraina) — «Anderlext» (Belgiya)

«Bazel» (Shveysariya) — «Sevilya» (Ispaniya)

«Vilyareal» (Ispaniya) — «Bayer» (Germaniya)

«Atletik» (Ispaniya) — «Valensiya» (Ispaniya)

«Sparta» (Chexiya) — «Latsio» (Italiya)

«Borussiya» Dortmund (Germaniya) — «Tottenxem» (Angliya)

«Fenerbaxche» (Turkiya) — «Braga» (Portugaliya)

Final bahsi 18 may kuni Bazel shahridagi «Sankt-Yakob Park» stadionida bo‘lib o‘tadi.

 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.