Янгиликлар /

Reshforda: Bu o‘ziga xos bonus

Мақола нашр қилинди

APL ning 27 turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted» va «Arsenal» (3-2) jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng uchrashuvning qahramoni 18 yoshli  «Yunayted» futbolchisi Markus Reshford APL dagi debyuti borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

«Bu mening Angliya chempionatidagi ilk o‘yinim. Bitta narsa aytishim mumkin: barchasi ajoyib. Ikkita urilgan gol – o‘ziga xos bonus», — futbolchining so‘zlaridan izo keltirdi APL ning Twitter dagi rasmiy sahifasi.

Eslatib o‘tamiz, Reshforda uchrashuvda dubga erishib o‘z debyutini ajoyib tarzda nishonladi. Avvalroq futbolchi Yevropa Ligasi 1/16 final bosqichida «Midtyuland» jamoasi ustidan qozonilgan  (5:1) g‘alabada ham dubl qayd etgan edi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.