«Manchester Yunayted» direktori Devid Gill FIFA da yangi vazifada ish boshlashi va tashkilotning moliyaviy islohati yaxshilashda ishtirok etishi mumkin deya xabar bermoqda The Daily Mail nashri.
FIFA ning yangi prezidenti Djanni Infantino tashkilotning avvalgi mavqeini qatarishga vada bergan va moliyaviy tomondan qo‘yilgan kamchiliklar boshqa takrorlanmas ekanligini aytgan edi..
«Men UEFA ning moliyaviy qo‘mitasi a’zosiman, xuddi FA da bajargan ishlarimni u yerda ham bajaraman, FIFA da ham ushbu ishni bajarish uchun tayyorman» — deydi Gil.
Eslatib o‘tamiz, Gill «Yunayted» jamoaga 1997 yilda moliya direktori vazifasida ish boshlagan edi, 2000-2013 yillarda esa «Yunayted» ijrochi direktor vazifasini bajarib kelgan. Ushbu lavozimdan ketgandan so‘ng esa direktorlar kengashi a’zoligini saqlab qoldi. Shuningdek u FIFA va UEFA ijrochi qo‘mitasi va Angliya Futbol assotsiatsiyasi boshqaruv kengashi a’zosi hisoblanadi.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.