Maykl Karrik aytishicha «Manchester Yunayted» jamoasi rahbariyati u bilan yangi shartnoma borasida hali muzokara olib bormagan.
34 yoshli futbolchining jamoa bilan tuzgan shartnomasi shu yili yozda o‘z nihoyasiga yetadi, shu sababli futbolchi erkin agent sifatida jamoani tark etishi ham mumkin.
«To‘g‘rsini aytadigan bo‘lsam, men hech narsani bilmayman, hozircha hech qanday yangilik yo‘q. Xaqiqatdan men buning ichida emasman, shu sababli buni izohlay olmayman».
Eslatib o‘tamiz, Jamoa 30 yoshdan oshgan futbolchilar bilan faqtgina bir yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi. Karrikning amaldagi shartnomasi 2015 yil mart oyida imzolangan.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.