The Daily Mail nashri xabar berishicha Ueyn Runi borasida tibbiyot xodimlari yaxshi yangilik aytishgan va futbolchi yaqin kunlar ichida xordiq chiqargani Dubayga yo‘l oladi.
«Yunayted» sardori «Sanderlend» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda jarohat olgan va ikki haftadan buyon o‘ng oyoq qismida mahsus bog‘lam bilan xarakatlayotgan edi. Avvalroq esa Ueyn mavsum so‘ngiga qadr safdan chiqanligi borasida xabarlar tarqalgan.
So‘ngi xabarlarga ko‘ra futbolchi xech qanday tibbiy amaliyotni o‘tamaydigan bo‘ldi.
Lui van Gal Runiga oila a’zolari bilan BAA ga yo‘l olishiga ruxsat berdi, jamoa sardori mavsum so‘ngiga qadar katta kuch bilan safga qaytish niyatida. Avvalroq Dubayda kichik dam olish uchun futbolchilar Bastian Shvaynshtayger va Fil Jonsga ham imkon berilgan edi.
Van Gal futbolchining holati yuzasidan quyidagilarni aytdi: «Yo‘q, unga xech qanday tibbiy amaliyot shart emas. Biz Ueyni martda safga qaytishini intizorlik bilan kutmoqdamiz».
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.