Lui van Gal jurnalistlarga murojaat qildi va hujumchi Markus Reshfordni tinch qo‘yishni so‘radi.
«Menimcha matbuot uni tinch qo‘yishi kerak. Jurnalistlar Reshfordni uyi oldida kutib turishi — 18 yoshli yigitchaga hech qanday yaxshilik keltirmasligi turgan gap.
Uni tinch qo‘yinglar. Unga o‘zini 18 yoshli yigitcha deb his qilishiga imkon beringlar. Bie esa o‘z navbatida uni to‘g‘ri yo‘nalishda ketishiga harakat qilamiz. Markus juda kamtar yigit va futbolchi sifatida o‘sishida muammolar bo‘ladi, deb o‘ylamayman.
Albatta matbuotning e’tibori ostida qolganingda hammasi o‘zgarib ketishi mumkin. Ammo Reshford osmonlarda uchib yurmasligiga ishonchim komil», — deydi van Gal.
Eslatib o‘tamiz, Markus Reshford «MYu»ning oxirgi ikki o‘yinida to‘rtta gol kiritgan edi.
Янгиликлар /
LVG: Reshfordni tinch qo‘yinglar
Мақола нашр қилинди

Бошқа янгиликлар
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.