Янгиликлар /

«Special one» «Qizil iblislar» murabbiyi bo‘lishi kerakmi?

Мақола нашр қилинди

So‘ngi paytlarda «Manchester Yunayted» jamoasiga Joze Mourino bosh murabbiy bo‘lishi haqidagi xabarlar tinmayapti. «Special one» «Qizil iblislar» murabbiyi bo‘lishi kerakmi?

Ha

1) «Manchester Yunayted» Fergyuson ketganidan buyon, birorta sovringa ega chiqa olmadi. Klub muxlislari bunga ko‘nikib qolishmasidan burun, jamoani yangi sovrinlar sari yetaklay oladigan mutaxassis jamoani boshqargani ma’qul. Bu borada Mourino klubga to‘g‘ri keladi. U uzog‘i bilan 2 mavsum ichida jamoa muzeyiga yangi kuboklarni olib kela oladi. Buni portugaliyalik mutaxssis «Portu», «Inter», «Chelsi» va «Real» klublarida ham isbotlagan.

2) «Yunayted» o‘tgan yili Chempionlar ligasida ishtirok eta olmagan bo‘lsa, bu yil guruh bosiqchidayoq o‘z ishtirokini yakunladi. Bu natija klub imidjiga ham ta’sir o‘tkazmasdan qolmaydi. Joze «qizil iblislar»ga mazkur turnidagi stabillikni taqdim etishi, har mavsum klubni yarim finalga qadar olib kelishi mumkin.

3) «Siti»ga Gvardiola kelayotganini inobatga oladigan bo‘lsak, «Yunayted»ga Mourino kelsa chempionatdagi shiddat yanada kuchayadi. Muxlislar yana Pep-Joze dueliga guvoh bo‘lishadi. Gvardiola boshqaradigan jamoalarga chempionat bahslarida faqatgina Mourino bas kela olganini unutmaslik lozim.

Yo‘q

1) Mourino bitta jamoada ko‘pi bilan 3 mavsum ishlaydi. «Qizil iblislar» Fergyusondan keyin yana jamoani uzoq muddat boshqaradigan mutaxassis kelishini istashadi. Agar klub rahbariyati uzoq yillar davomida jamoani boshqaradigan mutaxassis izlashsa, bu borada Mourino ularning ro‘yhatiga kirmaydi.

2) Joze odatda shogirdlari orasida kimdir uning obro‘sidan yuqori turadigan futbolchi bo‘lishini xohlamaydi. U «Real»da Kasilyas, «Chelsi»da Mata bilan qanday vaziyatlar keltirib chiqargani ko‘pchilikka ayon. Agar portugaliyalik «Yunayted»ga kelsa, katta ehtimolki jamoani Mata va Runidek yetakchilar ham tark etishi mumkin. Mour ichki muhitni yaxshi ushlab tura olmasligi ham, uning «MYu»ga kelishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

3) Mourino ikki marta «Chelsi»da ishlagan. Bu esa «iblislar» muxlislariga unchalik ham yoqmasligi mumkin. Zero, u „aristokratlar»ni boshqarganida, bir necha bor Manchester klubini yomonlagan edi. Mourino «MYu»ga kelsa, «Chelsi» bilan to‘qnashuvlar tinch o‘tishi dargumon.

Xo‘sh, siz bu borada qanday fikrdasiz?

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.