Янгиликлар /

Runi Xitoyga yo‘l olishi mumkin

Мақола нашр қилинди

Yozgi transferlar vaqtida «Manchester Yunayted»ning hujumchisi Ueyn Runi Xitoyga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda jurnalist Pirs Morganga asoslangan holda The Daily Mail nashri xabar tarqatgan.

Manbada yozilishicha, ushbu futbolchiga Xitoy Superligasi ishtirokchisi «Shanxay Telleys» jamoasidan qiziqish mavjud. Xitoyliklar unga 3 yillik shartnoma va yiliga 100 million yevrolik maosh taklif qilishgani aytilgan.

«20 fevral kuni Runi bilan telefon orqali muloqot qildim. Undan «Shanxay Telleys» jamoasidan taklif borligi haqidagi ma’lumotga oydinlik kiritishini so‘radim.

U buni tasdiqladi. Runidan qancha maosh taklif qilishayotgani haqida so‘raganimda, avvaliga u kuldi va keyin bu mablag‘juda kattaligini aytdi. Og‘zim ochilib qoldi. Unga soliqlarni chiqarib tashlagan holda 8ta nolli raqamda ifodalanadigan maosh to‘lashmoqchi», deb yozadi Morgan.

Agar bu transfer amalga oshsa, Runi dunyodagi eng yuqori maosh to‘lanuvchi futbolchiga aylanadi.

Joriy mavsumda 30 yoshli Runi «Manchester Yunayted» safida 22 o‘yinda maydonga tushib, 7ta gol urdi va 4ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fevral oyida argentinalik hujumchi PSJdan Xitoyning «Xebey Forchun» jamoasiga o‘tdi. Unga yiliga 30 mln yevrolik maosh tayinlashgan. Bu jamoaning yana bir yangi legioneri, «Roma»dan transfer qilingan Jervino esa yiliga 8 mln yevro oladi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.