Янгиликлар /

LVG: Kerakli natijaga erisha olmayapmiz

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal ushbu mavsumda hali sovrin yutish imkoniyati borligini bildirib o‘tdi.

«Biz uchta musobaqada ishtirok etyapmiz. Ko‘p jamoalar va murabbiylar ayni paytda bunday fikr bildira olmaydilar. Bizda hamon qandaydir sovrin yutish imkoniyati mavjud. Men doimo tarkibni o‘zgartirib turishga majburman. Jarohatlar va charchoq tufayli ko‘p o‘yinlarda bitta tarkibni maydonga tushira olmadim. Uchta musobaqada ishtirok etayotganingda hamda ixtiyoringda futbolchilar ko‘p bo‘lmaganida, senga qiyin bo‘ladi.

Qo‘shilaman, «Liverpul»ga qarshi o‘yin mavsumda eng yaxshi o‘yinlarimizdan biri bo‘lmadi, ammo biz butun mavsum davomida bunday o‘ynamayapmiz. Bundan yaxshi o‘ynagan uchrashuvlarimiz bo‘ldi. «Midtyullann»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan keyin OAV meni iste’foga chiqarib qo‘ygandi. Lekin biz keyingi o‘yinda oyoqqa turdik va g‘alabalar seriyasini amalga oshirdik. Balki, bunday holat «Liverpul»ga qarshi javob o‘yinida ham ro‘y berar. Shuningdek, Angliya kubogi doirasida «Vest Xem»ni mag‘lub etishimiz mumkin.

Mening rejalarim ish beryapti, deb o‘ylayman. Ba’zida esa vaziyat bizning zararimizga ishlayapti va biz kerakli natijaga erisha olmayapmiz. Biz chempionlikni qo‘lga kiritish uchun yaxshi o‘ynay olmayapmiz, ammo Yevropa ligasi va Angliya kubogida g‘olib chiqish imkoniyatiga egamiz. Agar biz musobaqalarning biridan chiqib ketsak, barchamiz uchun murakkab vaziyat yuzaga keladi, ammo bizda sovrin yutib olish imkoniyati saqlanib qoladi. Biz bunga qodirligimizga ishonishda davom etishimiz kerak», — deydi Lui van Gal «The Guardian»ga bergan intervyusida.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.