Янгиликлар /

Mourino «Yunayted» bilan dastlabki shartnomani imzoladi

Мақола нашр қилинди

Portugaliyalik murabbiy Joze Mourino «Manchester Yunayted» bilan jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Lui van Gal lavozimini egallash bo‘yicha dastlabki shartnomani imzoladi. Bu haqda El Pais nashri xabar bermoqda.

Nashrning ta’kidlashicha, shartnomada agar Mourino bilan «MYu» 1 maygacha shartnoma imzolamasa, unda portugaliyalik 6,5 mln yevro va agar 1 iyungacha imzolanmasa yana 13 mln yevro tovon puli olishi bandi ham kiritilgan. Agar Mourino o‘z fikridan qaytadigan bo‘lsa, u ham jamoaga tovon puli to‘laydi, biroq bu summa aytilmagan.

Avvalroq OAVda «Chelsi»dan qoniqarsiz natijalar uchun ketgan Mourino «MYu» bilan shartnoma shartlarini kelishib olgani ma’lum qilingandi, unga ko‘ra murabbiyga uch yil ichida 60 mln yevrodan ko‘proq maosh to‘lanadi. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar 1,5 oy davom etgan.

Ayni vaqtda van Gal boshchiligida «Manchester Yunayted» chempionatda 6-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa, shuningdek, Chempionlar Ligasi guruh bosqichidan chiqa olmadi, Yevropa ligasining 1/8 final bosqichida esa «Liverpul»ga imkoniyatni boy berib, bu musobaqani ham tark etdi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.