Янгиликлар /

«Yunayted» futbolchilari terma jamoa safida

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted»  jamoasining 14 nafar futbolchisi o‘z terma jamoalari safiga yo‘l olishdi.

Deyli Blind va Memfis Depay Gollandiyaga Amsterdamda bo‘lib o‘tadigan Fransiyaga qarshi bahsga tayyorgarlik ko‘rish uchun yo‘l olishdi. Fransuzlar safiga esa xujumchi Antoni Marsyalchaqiriq olgan bo‘lsa, Morgan Shayderlin esa bu safar terma jamoaga chaqiriq olmagan.

Gollandiya terma jamoasi shuningdek «Uembli» stadionida Angliya terma jamoasiga qarshi ham uchrashuv o‘tkazilishi belgilangan. Angliya terma jamoasi safiga «qizil iblis» lar himoyachisi Kris Smolling chaqiriq olgan.

Germaniya terma jamoasi safiga esa yarim himoyachi Bastian Shvaynshtayger ham chaqirilgan.  

Italiya terma jamoasining Ispaniya va Germaniya termalariga qarshi kechadigan uchrashuvda himoyachi Matteo Darmian to‘p surishi mumkin.

Ispaniya terma jamoasiga esa David De Xea va Xuan Mata chaqiriq olgan. Ikkala futbolchi jamoaning Ruminiya va Italiyaga qarshi uchrashuvlarda maydonga chiqishlari mumkin.

Peddi MakNeyr esa Shimoliy Irlandiya termasi safida Uels va Sloveniyaga qarshi uchrashuvga chaqirilgan. Maruan Fellayni Belgiya termasi safida Portugaliya termasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi.

Jamoaning yosh himoyachisiGilermo Varela esa Urugvay terma jamoasi safiga Braziliya va Peruga qarshi uchrashuvda ishtirok etish uchun chaqiriq olgan.

Markos Roxo va Serxio Romero esa Argentina terma jamoasiga yo‘l olgan bo‘lsa,  Antonio Valensiya Venesuyela tarkibida Paragvay va Kolumbiya jamoalariga qarshi uchrashuvda ishtirok etadigshan futbolchilar ro‘yxatiga kiritilgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.